Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » InfoCom-2014 AKT haftaligi
22.09.2014

Xabaringiz bo`lganidek, 2014 yil 22-26 sentabr kunlari, O`zbekistonda yilning AKT sohasidagi eng asosiy voqeasi - InfoCom-2014 AKT haftaligi o`tkaziladi va uning doirasida 23-sentabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`yicha Sammitning “Davlat sektorida AKT dan foydalanish” 1-sonli Seksiyasida, mehmonlar e’tiboriga “Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalining joriy holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida prezentatsiya taqdim etiladi.

24-26 sentabr kunlari, an’anaviy ICTExpo 2014 milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasining DUK UZINFOCOM Markazi stendida, Yagona portal mutaxassislari ko`rgazmaga tashrif buyurgan qatnashchilarni my.gov.uz loyihasi bilan tanishtirishadi, qiziqtirgan savollarga javob berishadi, Yagona portalda ro`yxatdan o`tish, hamda elektron ariza yaratishda ko`maklashishadi. Barcha mehmonlar o`zlarining tavsiyalari va tanqidiy mulohazalarini bildirish, hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi mutaxassislari bilan tanishish va muloqot qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Eng qiziqarli savol va konstruktiv taklif mualliflariga sovg`alar taqdim etiladi.

ICTEXPO 2014 ko`rgazmasi Toshkent shahri, Beruniy ko`chasi, 41 manzilida joylashgan “Ko`rgazmasavdomarkazi” Ko`rgazma majmuasining 1-sonli pavilyonida bo`lib o`tadi.

AKT haftaligi tadbirlari to`g`risida batafsil ma’lumotni – www.ictweek.uz, ICTEXPO 2014 ko`rgazmasi to`g`risida esa – www.ictexpo.uz saytlaridan olishingiz mumkin.

Sizni INFOCOM 2014 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida kutib qolamiz!

Поделиться

20034 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa