O'zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanish uchun ariza taqdim etish.
Jismoniy va yuridik shaxslar.
Manzil: Toshkent sh., Navoiy ko'ch., 2
Telefon (+99871) 235-41-15;234-24-28
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori - yuridik shaxs litsenziyalovchi organga qujidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasi ko'rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi. Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji miqdori har qaysi litsenziya talabgori uchun u amalga oshiradigan konsert-tomosha faoliyati turiga va unga berilgan reyting guruhiga qarab belgilanadi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o'n besh kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Shaxsan; pochta orqali.
Gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to'y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko`rsatishni litsenziyalash.
Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida"gi O'zR Qonunining belgilangan asoslar bo'yicha quyidagi sabablarga asosan rad etilishi mumkin:
Litsenziya da'vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Litsenziya da'vogari taqdim etgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi; Litsenziya da'vogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.Litsenziya da'vogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Yuborilmoqda...