Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


Verifone Vx510 terminali, statsionar terminallar qatorida xavfsiz va ishlab chiqarish standartlarini o'z ichiga oladi. Mazkur terminalning yuqori ishlab chiqaruvchanligi va unga biriktirilgan Ethernet (*model Vx510 LAN) interfeysi hisobiga tranzaksiya jarayonini tezligini oshirish imkonini beradi. Plastik kartochka orqali bajarilgan to`lovlar, naqd pul shakldagi to'lovlardan tez bajariladi!



POS-terminal nafaqat tovarlar to'lovi uchun ishlatilishi mumkin, balki tegishli dasturiy vosita yordamida mobil telefonlar hisob raqamlari, internet tarmog'iga ulanish kabi to'lovlarni o'tkazish mumkin.



INPAS kup funksionallik dasturiy ta'minoti Verifone uskunalarining mashxur ishonchi bo'lib, zebo dizayn, ko'p ishlatiluvchi operatsiyalar uchun qo'shimcha qulay ergonomik tugmalar, aniq va ravshan ekran hamda qulay hajm hisobiga plastik kartochkalar orqali o'tkaziladigan to'lovlar uchun Vx510 terminaliga tengi yo'qdir.



Barcha modellarda rezerv aloqa kanalini ta'minlash maqsadida telefon liniyasiga ulanuvchi modem bilan jihozlangan.



Afzalliklar:



- Mahalliy aloqa tarmog'i orqali tranzaksiya muddatini 2-3 sekundgachan qisqartirish imkoniyatini beradi;

- Plastik kartochka orqali to'lovni o'tkazish, naqd pul shakldagi to'lovni amalga oshirishdan oson va tezroq bo'ladi;



VeriFone Vx670 siz uchun yangi yuqori foydaga ega bo'lgan bozorlar eshigini ochadi.



Vx670 ning simsiz Wi-Fi yoki GPRS tarmog'i orqali restoranlar, barlar, stadionlar, hamda uyga yetkazib beruvchi tovar va xizmatlar uchun, shuningdek transport xizmatlari jumladan taksi va yuk tashish xizmatlari haqini joyida to'lash imkoniyatini beradi. PCI-PED standartiga muvofiqligi uskunadagi ma'lumotni yuqori darajada ximoyasini tasdiqlaydi hamda plastik kartochkalardan PIN kod yordamida foydalanish uchun xamma imkoniyatlarni ochib beradi. Bank bilan aloqa Wi-Fi yoki GPRS modullari orqali o'rnatiladi.



Vx670 terminali EMV ning so'nggi spetsifikatsiyasiga muvofiq ishlab chiqarilgan.



Vx Solutions platformasi dasturlari bilan mutloq mutanosiblik, ishlab chiqarish va o'rganish xarajatlarini minimallashtiradi hamda joriy etilgan ekvayring tarmoqlariga yangi modellarni qisqa muddatda kiritish imkoniyatini beradi.



VeriFone Vx670 POS-terminali innovatsion ergonomikasi, yuqori darajadagi qulaylik va funksionallikni ta'minlab beradi:





VeriFone Vx670 bu:



  • Restoranlar, mexmonxonalar, stadionlar, ko'rgazmalar hamda tovar va xizmatlarni joylarga yetkazib beruvchilar uchun ideal to'lov yechimidir.

  • Terminal simsiz aloqa va interaktiv hamjixatlik o'rnatish uchun ishlab chiqarilgan bo'lib Wi-Fi yoki GPRS turlaridagi simsiz aloqa o'rnatish tanlovini beradi.

  • VeriFone MAXui foydalanuvchilar uchun juda qulay interfeysni taklif qiladi – katta va yorqin displey yirik yoritgichli klavishalar, bularning hammasi ushbu tarmoqdagi eng kichik uskunalardan biri Vx670 POS terminalida mujassamlashgan.

  • Tizimning yuqori darajadagi ximoyasi, tranzaksiyani himoyasini ta'minlaydi



Ilg`or darajadagi ishlab chiqaruvchanlik va funksionallik:



  • ARM9 32-razryadlik kuchli protsessor, tranzaksiyalarni bir necha soniyada o'tkazish imkoniyatini beradi.

  • Mustahkam qobiq 90 sm balandlikdan betonga tutishiga chidab bera oladi.





Ushbu industriyada Verifone Vx670 terminali ilk bor WPA va Wi-Fi aloqalalari bilan jihozlangan bo'lib, yangi yanada yuqori talabli bo'lgan, PIN kod kiritish orqali tranzaksiya amalga oshiruvchi PCI Security Visa va MasterCard tizimlari talablariga javob beradi.



Hozirgi kunda «O'zsanoatqurilishbank» OATB tomonidan elektron-informatsion to'lov terminallarini (infokiosklar) ommaviy o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish vositasi sifatida joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

"O'zbekiston sanoat-qurilish banki" aksiyadorlik tijorat banki

Bog`lanish

Manzil:100000, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 3



Telefon:(99871) 120-35-94,



Faks:(99871) 233-35-94,



E-mail: info@uzpsb.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Filial boshqaruvchisi nomiga ariza;

  • Tadbirkorlik guvohnoma;

  • Pasport nusxa.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 24 sentyabr 2004 yildagi 445 sonli qarorining ikkinchi bandi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


To`lov terminallarini o`rnatish bepul.



To’lov terminallarini ijaraga berish (oylik) 10 YEVRO

Xizmatni ko`rsatish muddati

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


To`lov terninallarini o`rnatish.

Rad etish sabablari


Ko`zda tutilmagan.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Tegishli joyga murojaat qilish.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa