Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


O’zsanoatqurilishbank tizimida uy-joy qurilishiga, uyni rekonstruksiya qilishga, birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozori orqali sotib olishga ipoteka kreditlarini ajratadi.



O’zsanoatqurilishbank tizimida ipoteka kreditlari, muomala layoqatiga, doimiy ish joyiga, yashash joyidan ro’yxatdan o’tgan va o’z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.



Bank tomonidan ipoteka kreditla­ri quyidagi miqdorlarda beriladi:

• Yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha;

• Yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun – qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha.



Ipoteka krediti maqsadlari:



• Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurishga;

• Yakka tartibda uy-joyni rekonstruk­siya qilishga;

• Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko'p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

"O'zbekiston sanoat-qurilish banki" aksiyadorlik tijorat banki

Bog`lanish

Bosh ofis: 100000, Toshkent sh., Shahrisabz ko’chasi, 3



Telefon: 236-72-05; 233-92-86



www.uzpsb.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Yakka tartibdagi uy-joy qurishga va uni rekonstruksiya qilishga ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qila­di:



• So’ralayotgan kredit summasini ko'rsatgan holda kredit olish uchun ariza.

• Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarz oluvchining yer uchastkasiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;

• Qarz oluvchi va u bilan birga yashaydigan oila a'zolarining daromad­lari to’g’risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan ma'lumotnoma;

• Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan yakka tartib­dagi uy-joy loyihasining nusxasi;

• Qarz oluvchi boshlang’ich badalni to’laganligini tasdiqlovchi hujjat (Omonat daftarchasidan nusxa, ko’chirma yoki ma'lumotnoma);

• Qarz oluvchining oilasi tarkibi to’g’risida yashash joyidan ma'lumotnoma va ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, tug’ilganlik haqida guvohnomasi) nusxasi.



Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko’p qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish­da qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:



  • So’ralayotgan kredit summasini ko’rsatgan holda kredit olish uchun ariza;

  • Sotuvchining uy-joyga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda sotiladigan yakka tartibdagi uy-joy yoki kvartiraning kelishilgan qiymati ko’rsatilgan oldi – sotdisi to’g’risida dastlabki shartnoma;

  • Qarz oluvchi va u bilan birga yashay­digan oila a'zolarining daromadlari to’g’risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan ma'lumotnoma;

  • Qarz oluvchi boshlang’ich 25% badalni to’laganligini tasdiqlovchi hujjat (Omonat daftarchasidan nusxa, ko’chirma yoki ma'lumotnoma);

  • Qarz oluvchining oilasi tarkibi to’g’risida yashash joyidan ma'lumotnoma va ularning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, tug'ulganlik haqida guvohnomasi) nusxasi;

  • Sotib olinayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko'p kvartirali uydagi kvartiraning qiymati bo’yicha amaldagi qonunchilikka asosan mustaqil baholovchining baholash hisoboti;

  • Zarur holatlarda kredit berish to’g’risida xulosani tayyorlash uchun bank qarz oluvchidan uning qo’shimcha aktivlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Bank bilan kelishilgan holda.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Kredit olish.

Rad etish sabablari


Kerakli hujjatlarni bankga taqdim etilmagan hollarda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


O`rnatilgan tartibda.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa