Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste'mol (mebel, elektron-maishiy texnika, kompyuter, uy-joy maishiy uskunalari, qurilish materiallari va boshqa xalq iste'mol tovar (xizmat)larini harid qilish uchun ushbu tovar qiymatining 100% miqdorida bank tomonidan naqd pulsiz mablag' ko’chirish yo'li bilan kredit ajratiladi. Kredit miqdori eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmasligi kerak.



Kredit mablag’lari 3 yil muddatga,



- korporativ mijoz xodimlariga va boshqa jismoniy shaxslarga yillik 16 foiz ustama bilan;



- yosh oilalarga - 6 oy imtiyozli davr bilan, yillik 12 foiz ustama to’lash sharti asosida ajratiladi.



Qarz oluvchi tomonidan dastlabki badal sifatida omonatga 25% pul mablag’lari qo’yiladi.



Bankning korporativ mijoz xodimlari va bankda xizmat ko’rsatiladigan byudjet tashkiloti xodimlariga boshlang’ich badalsiz kredit ajratiladi.



Avtomashina sotib olish uchun sotib olinadigan avtomashina qiymatining 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorida boshlang’ich badal shakllantiriladi. Avtokredit naqd pulsiz mablag’ ko’chirish yo`li bilan eng kam ish xaqining 1500 barobarigacha 3 yil muddatga yillik 16 foiz ustama bilan ajratiladi (imtiyozlar qo’llanmaydi).



Kreditlashning asosiy shartlari:



  • Kredit miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 100 (avtomashina uchun - 1500)barobaridan oshmasligi kerak;



  • Iste'mol kreditlari mehnatga layoqatli, va o’z faoliyatidan doimiy daromatga ega bo’lgan fuqarolarga va O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaro bo’lmagan shaxslarga beriladi;



  • Mebel, elektr-maishiy texnika, kompyuter, uy-joy maishiy uskunalar va boshqa iste'mol tovarlarini sotib olishga kredit hajmining kamida 125% miqdoridagi kredit ta'minoti (asosiy) turlaridan biri.



  • Bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati;



  • To’lovga qobiliyatli uchinchi shaxslarning kafilligi (jismoniy shaxs, yuridik shaxs);



  • Likvid mol-mulk va qimmatli qog’ozlar garovi jismoniy shaxs kafilligi yoki likvidli ta'minot qabul qilinadi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

"O'zbekiston sanoat-qurilish banki" aksiyadorlik tijorat banki

Bog`lanish

Bosh ofis: 100000, Toshkent sh., Shaxrisabz ko’chasi, 3



Telefon: 236-72-05; 233-92-86

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Istе'mol krеditini olish uchun bankka taqdim qilinadigan hujjatlar:



  • Istе'mol krеditi olish uchun ariza;

  • Krеdit oluvchining pasport nusxasi;

  • Likvid ta’minot turi to’g’risida ma’lumot;

  • Ish joyidan chеgirmalari ko’rsatilgan o’rtacha oylik ish haqi to’g’risidagi ma'lumotnomasi hamda boshqa daromad manbalari haqida ma'lumotlar;

  • Qonuniy rasmiylashtirilgan dilеrning oldi-sotdi shartnomasi (schеt-dogovor);

  • Yashash joyidagi fuqarolar yig’ini kеngashi yoki uy-joydan foydalanish idorasidan ma'lumotnoma;

  • Qarz oluvchi oilasining tarkibi va ularning daromadlari tog’risidagi ma'lumotnoma;

  • Fuqaroning soliq organlaridan qarzdorligi (yoki soliq majburiyatlari) yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma;

  • Krеdit qaytarilishini ta'minlash uchun sotib olinayotgan avtomashina uning to’liq qiymati miqdorida qo’shimcha ta'minot sifatida garovga olinadi. Garov shartnomasi va ta'qiq hujjati notarial tasdiqlangan va DAN organidan ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lishi kеrak;

  • Garovga qo’yilayotgan avtomashina xatarni oldini olish uchun garovning shikastlanishi va halokatga uchrashish hollari ko’zda tutilgan holda BANK foydasiga sug’urtalanishi shart;

  • Krеdit hajmining kamida 125% miqdoridagi krеdit likvid ta'minot (asosiy va qo'shimcha) turlaridan biri yoki bir nеchtasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Bank bilan kelishgan xolda.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Kredit olish.

Rad etish sabablari


Kerakli hujjatlar taqdim etilmagan hollarda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Bank rahbariga murojaat qilish.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa