Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Taʻlim, fan va oʻquv muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish uchun arizalarni rasmiylashtirish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Taʻlim, fan va oʻquv muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish uchun arizalarni rasmiylashtirish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ta'lim

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik yoki jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Bog`lanish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Manzil: 100115, Toshkent sh.,Chilonzor tumani, Nurxon ko'chasi, 21 uy


Telefon: (+998 71) 231-07-53


Veb-sayt: http://www.tdi.uz


E-mail: info@tdi.uz


Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


- Ta’lim muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar (diplom, shahodatnoma, sertifikat).



- Xizmat toʻlovi kvitansiyasining elektron nusxasi (jismoniy shaxslar uchun).



- Yuridik shaxs tomonidan vakilni tasdiqlovchi ilova nusxasi (yuridik shaxslar uchun).



- Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining «Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» 17.11.2011 yildagi 307-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Mazkur xizmatdan foydalanish uchun, arizachi (jismoniy shaxs) ilovadagi kvitantsiya blankasidan foydalangan holda, eng kam ish xaqining 10% miqdorida toʻlovni amalga oshirish koʻzda tutilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2011 yilda tasdiqlangan 307-sonli qarorining 8-bandi).



Yagona portal orqali arizani toʻldirishdan avval, oʻrnatilgan tartibda quyidagi ma’lumotlar toʻldiriladi (jismoniy shaxslar uchun) va koʻrsatilgan hisob raqamiga yigʻim toʻlanadi:










































Apostil




Tashkilot nomi:




O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qo'yilgan apostil uchun yig'imlar




Hisob raqam:




23402000300100001010




G'aznachilik STIR:




201 122 919




Bank:




XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi




MFO:




00014




L/S:




4014108602262943422220252




STIR:




305 131 656




Manzil:




Toshkent sh. Chilonzor t., Nurxon ko'chasi 21-uy




Apostil qo`yish uchun murojaat qilgan davlat organi yoki boshqa davlat tashkiloti yig`im to`lashdan ozod qilinadi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Rasmiy hujjatga apostil’ qo’yish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish muddati imzo namunasini va apostil’ qo’yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qo’yish huquqiga vakolarlarini tasdiqlash va (yoki) hujjat chiqadigan tashkilotning muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo’lmagan taqdirda hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni



Imzo namunasini va apostil’ qo’yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qo’yish huquqiga vakolatlarini tasdiqlash va (yoki) rasmiy hujjat chiqadigan tashkilot muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo’lgan taqdirda rasmiy hujjatga apostil’ qo’yish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish muddati 20 ish kuni.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Ushbu xizmat natijasi ta’lim muassasalari rasmiy hujjat asliga yoki notarial tasdiqlangan nusxasiga «apostil» shtampi qoʻyilishi hisoblanadi.

Rad etish sabablari


  1. Agar rasmiy hujjatda koʻrsatilgan rekvizitdagi hujjatlardan birortasi boʻlmagan holda (Vazirlar Mahkamasining 17.11.2011 yildagi 307-sonli qarorining 1-ilovasi 21-bandiga muvofiq).

  2. Agar mansabdor shaxsnining imzosi yoki bosma muxri davlat organlarida mavjud boʻlmagan namunaga muvofiq boʻlmagan holda.

  3. Agar rasmiy hujjatga imzo qoʻygan mansabdor shaxsning uni imzolashga vakolati boʻlmagan holda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas’ul xodimning e’tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa