Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
​Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi bo`yicha yo`l transport hodisasida aybdor shaxsning sug`urtalanganligi to`g`risida ma`lumotni olish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi bo`yicha yo`l transport hodisasida aybdor shaxsning sug`urtalanganligi to`g`risidagi ma`lumotni olish uchun elektron murojaat qilish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Sug`urtalash

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar

Tashkilot

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi

Bog`lanish

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi


Manzil: Toshkent sh. 100017 may. Mustaqillik 5


Tel: +998 71 239-42-72


+998 71 239 42 50


Faks: +998 71 239 42 34


e-mail: info@tkj.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


- sud qarori (bor bo'lgan taqdirda);



- ayblanuvchi transport vositasining texnik pasporti;



- Merosxo'r yoki voris tomonidan murojaat qilingan taqdirda meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


"Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni"



"Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni


Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 kun

Natijani olish usullari


Javob xati foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Xizmat natijasi bo'lib transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi bo`yicha yo`l transport hodisasida aybdor shaxsning sug`urtalanganligi to`g`risidagi ma`lumotni olish bo'lib hisoblanadi.

Rad etish sabablari


Quyidagi holatlarda davlat xizmatini ko'rsatish rad etilishi mumkin:



- Elektron shaklni noto'liq yoki noto'g'ri to'ldirilishi hamda keltirilgan ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligi;



- Ilova qilinishi zarur bo'lgan hujjatlarni biriktirmaslik yoki biriktirilgan ilovalar haqiqatga to'g'ri kelmasligi;



- Ilova qilinishi kerak bo'lgan hujjatlarni to'liq biriktirmaslik yoki noto'g'ri hujjat biriktirish.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat, shuningdek mas'ul xodimning harakati (harakatsizligi) ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa