Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Kompensatsiya to’lovlarini olish uchun elektron iltimosnoma yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Kompensatsiya to’lovlarini olish uchun elektron iltimosnoma yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Sug`urtalash

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar

Tashkilot

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi

Bog`lanish

Manzil: 100017, Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni 5


Tel: +998 (71) 239-42-72, +998 (71) 239 42 50


Faks: +998 (71) 239 42 34


e-mail: info@tkj.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


- Sug‘urta polisi (agar bo‘lsa);



- Yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan ko‘rilgan bo‘lsa;



- Zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan ma’lumotnoma yoxud hayotga yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);



- Mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar);



- Jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;



- Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo‘rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchilarning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga to‘lanishi lozim bo‘lsa).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


- O'zbekiston Respublikasining Qonuni "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"


Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kun ichida

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi

Xizmat natijasi


Xizmat natijasi kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish yoki mazkur to’lovlarni to’lashni asoslantirilgan tarzda rad etish to’g’risidagi qarorni olish bo’lib hisoblanadi

Rad etish sabablari


Rad etish sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:



- Noto'g'ri to'ldirilgan yoki to'liq to'ldirilmagan elektron iltimosnoma shakli, faoliyatga taalluqli bo'lmagan axborotlar taqdim etilganda. Shuningdek to'liq taqdim etilmagan yoki noto'g'ri taqdim etilgan zaruriy hujjatlar nusxalari;



- Agar aybdor tomonidan jabrlanuvchi foydasiga yetkazilgan moddiy zarar to'liq to'lansa;



- Agar aybdorning fuqarolik javobgarligi YTH paytida sug'urtalangan bo'lsa;



- Agar jabrlanuvchi jamg'armaga yuborgan elektron iltimosnomani ko'rib chiqilmasligi to'g'risida yozma iltimos bilan chiqsa;



- Aybdor tomonidan sudning jabrlanuvchi foydasiga yetkazilgan zararni to'lash haqidagi sud qarori qabul qilinish bosqichida berilgan shikoyat;



- Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza qilish va baholashga qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan mazkur mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sug‘urta hodisasining mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi arizani ko'rib chiqish bo'yicha ko'rsatilgan sifatsiz xizmat, shuningdek tashkilot mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda o'rnatilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa