Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Iste'mol krediti
Xizmat pasporti

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste'mol (mebel, elektron-maishiy texnika, kompyuter, uy-joy maishiy uskunalari, qurilish materiallari va boshqa xalq iste'mol tovar (xizmat)larini harid qilish uchun ushbu tovar qiymatining 100% miqdorida bank tomonidan naqd pulsiz mablag' ko’chirish yo'li bilan kredit ajratiladi. Kredit miqdori eng kam ish haqining 100 barobaridan oshmasligi kerak.

Kredit mablag’lari 3 yil muddatga,

- korporativ mijoz xodimlariga va boshqa jismoniy shaxslarga yillik 16 foiz ustama bilan;

- yosh oilalarga - 6 oy imtiyozli davr bilan, yillik 12 foiz ustama to’lash sharti asosida ajratiladi.

Qarz oluvchi tomonidan dastlabki badal sifatida omonatga 25% pul mablag’lari qo’yiladi.

Bankning korporativ mijoz xodimlari va bankda xizmat ko’rsatiladigan byudjet tashkiloti xodimlariga boshlang’ich badalsiz kredit ajratiladi.

Avtomashina sotib olish uchun sotib olinadigan avtomashina qiymatining 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorida boshlang’ich badal shakllantiriladi. Avtokredit naqd pulsiz mablag’ ko’chirish yo`li bilan eng kam ish xaqining 1500 barobarigacha 3 yil muddatga yillik 16 foiz ustama bilan ajratiladi (imtiyozlar qo’llanmaydi).

Kreditlashning asosiy shartlari:

  • Kredit miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 100 (avtomashina uchun - 1500)barobaridan oshmasligi kerak;
  • Iste'mol kreditlari mehnatga layoqatli, va o’z faoliyatidan doimiy daromatga ega bo’lgan fuqarolarga va O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaro bo’lmagan shaxslarga beriladi;
  • Mebel, elektr-maishiy texnika, kompyuter, uy-joy maishiy uskunalar va boshqa iste'mol tovarlarini sotib olishga kredit hajmining kamida 125% miqdoridagi kredit ta'minoti (asosiy) turlaridan biri.
  • Bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati;
  • To’lovga qobiliyatli uchinchi shaxslarning kafilligi (jismoniy shaxs, yuridik shaxs);
  • Likvid mol-mulk va qimmatli qog’ozlar garovi jismoniy shaxs kafilligi yoki likvidli ta'minot qabul qilinadi.
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa