Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Litsenziya shartnomalarini rasmiylashtirish uchun ma'lumot
Xizmat pasporti

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo'yicha litsenziya shartnomalarini haqiqiyligining muhim sharti bo'lib ularning Intellektual mulk agentligida davlat ro'yxatidan o'tganligi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida" gi Qonunning 11-moddasi, O'zbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari to'g'risida"gi Qonunning 38-moddasi, O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunning 30-moddasi, O'zbekiston Respublikasining "Integral mikrosxemalar topologiyasining huquqiy muhofazasi to'g'risida"gi Qonuning 15-moddasi, O'zbekiston Respublikasining "Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazasi to'g'risida"gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq Intellektual mulk Agentligida ro'yxatdan o'tishlari lozim:

- ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug'iga patent berish shartnomasi;

- ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug'idan foydalanishga litsenziya shartnomasi (sublitsenziya shartnomasi);

- O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisiga bo'lgan huquqni berish to'g'risidagi shartnoma;

- O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisidan foydalanishga litsenziya shartnomasi (sublitsenziya shartnomasi). Jamoaviy tovar belgisi va undan foydalanish huquqi o'zga shaxslarga berilishi mumkin emas;

- Ro'yxatdan o'tgan elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yoki ma'lumotlar bazasiga bo'lgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman o'zgalarga berish to'g'risidagi shartnoma;

- integral mikrosxemalar topologiyasiga bo'lgan huquqni to'liq yoki qisman berish to'g'risidagi shartnoma.

Shartnoma – ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektron-hisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnoma.

Litsenziya shartnomasi – ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisidan foydalanish uchun huquq berish to'g'risidagi shartnoma.

Topshirilayotgan huquqlarning hajmiga ko'ra litsenziya shartnomalari quyidagilarga bo'linadi:

- Nomutlaq (oddiy) litsenziya berilganida litsenziar litsenziya predmetidan muayyan sharoitlar va territoriyada va kelishilgan muddat mobaynida foydalanish huquqini litsenziatga berib, patentdan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan boshqa shaxslarga lisenziya berish huquqini ham o'zida saqlab qoladi.

- Mutlaq litsenziya - bunda litsenziat intellektual mulk obyektiga litsenziya shartnomasida ko'rsatilgan doirada foydalanish uchun mutlaq huquq oladi, seleksiya yutug'idan foydalanish huquqining litsenziatga berilmaydigan qismi litsenziarda saqlanib qoladi.

Sublitsenziya shartnomasi - litsenziat tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisidan foydalanish uchun boshqa shaxsga huquq berish to'g'risidagi shartnoma.

Shuningdek litsenziya shartnomasining o'zgartirishlari ham ro'yxatdan o'tkaziladi:

- tomonlarni aniqlash;

- shartnoma predmeti;

- amal qilish muddati;

- amal qilish hududi;

- o'tkazilayotgan huquq hajmi.

Shartnomalarni rasmiylashtirish va ro'yxatdan o'tkazish tartibi O'zR Adliya vazirligida 2005 yil 17 iyunda 1481-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektron-hisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish Qoidalari"ga muvofiq belgilanadi, hamda intellktual mulk obyektiga bo'lgan huquqni o'tkazish bo'yicha shartnomalar va intellektual mulk obyektidan foydalanish uchun litsenziya shartnomalari Intellektual mulk agentligida ro'yxatdan o'tkaziladi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa