|
- yetishtirilgan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini, ayniqsa yangi meva-sabzavot mahsuloti, uzum va poliz mahsulotini jamlash hamda ularni eksportga yetkazib berishni tashkil qilish;
- meva-sabzavot va kartoshka mahsulotlarini fermer hamda dehqon xo'jaliklaridan xarid qilish, uni puxta saqlash va qish-bahor davrida aholini ushbu mahsulotlar bilan barqaror ta'minlash;
- ichki iste'mol bozori kon'yunkturasini marketing jihatdan o'rganish, xususan qishloq joylardagi, olis hamda yetib borish qiyin bo'lgan aholi punktlaridagi chakana savdo tarmog'ini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli va uzluksiz ta'minlab turish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- ulgurji tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo'yicha ishlarni tashkil etish, tayyor oziq-ovqat tovarlari va yangi meva-sabzavot mahsulotlari uchun ixtisoslashtirilgan omborxonalar qurishni, rekonstruksiyalash va modernizatsiya qilishni ta'minlash, ularni zamonaviy ombor, savdo va muzlatish uskunalari bilan jihozlash;
- uyushma tarkibiga kiruvchi ulgurji bazalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlashda ularga ko'maklashish.
|