- loyihalashtirishning zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo'llagan holda qishloq xo'jaligi mashinasozligi sohasida konstruktorlik ishlari ko'lamini kengaytirish, innovatsiya faoliyatini amalga oshirish;
- 80, 100 va 120 ot kuchiga ega bo'lgan raqobatbardoshli g'ildirakli traktorlar, tirkamalar, ular bazasida turli modifikatsiyalardagi qishloq xo'jaligi, transport, qurilish va kommunal xo'jaligi mashinalari, fermer xo'jaliklari uchun minitexnikalar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda iste'mol tovarlari turlarini kengaytirish;
- mamlakatimizdagi va xorijiy xaridorlarga mahsulotlar sotish tizimini takomillashtirish;
|
- asosiy ishlab chiqarish bilan kooperatsiyalashgan holda ishlayotgan sho''ba korxonalar faoliyatini rivojlantirish, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo'yicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish;
- qishloq xo'jaligi texnikasini sotish va ularga servis xizmati ko'rsatish bo'yicha korxonaning texnika markazlarini rivojlantirish.
|