- fermerlikni rivojlantirish, fermer xo'jaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
- fermer xo'jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, ta'minot va xizmat ko'rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar ko'rib chiqilayotganda;
- fermer xo'jaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini ta'minlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;
- ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib sug'orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga ko'maklashish;
- qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo'yicha konsalting markazlari tarmog'ini, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish bo'yicha fermer xo'jaliklari kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga ko'maklashish.
|
|