Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Manzil:


100100, Toshkent shahri, Mirobod ko`chasi, 15

Telefon: +99871 239-4121
Veb sayt: www.mehnat.uz
E-mail info@mehnat.uz
Hududiy bo`linma nomlanishiManzilTelefonElektron pochta 
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

Toshkent shahri 100179, Olmazor tumani, Qamarniso ko'chasi, 1-uy

(+998 71) 214-47-29, 214-51-87, (+998 71) 214-30-76, (+998 71) 214-54-36info@maigration.uzKo`rib chiqish
Funksiyalar Vazifalar





a) mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish hamda aholi bandligini ta’minlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, jamiyatni isloh qilishning maqsad va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmlari va vositalari asosida aholi bandligini ta’minlash va mehnat bozorini izchil rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda respublika va hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida mehnat resurslarining prognoz balanslarini va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;

respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mehnat resurslari soni hamda tarkibini o‘rganadi, uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

aholining bandligi darajasi va tarkibini to‘liqroq va xolisona baholashni ta’minlash, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining holati monitoringini tashkil etadi, va shu asosda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha yangi ish o‘rinlari tashkil etishning yillik buyurtmalarini shakllantiradi;

ish o‘rinlari tashkil etishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi va manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi, shuningdek mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band bo‘lmagan aholi hisobini yuritadi;

bo‘sh ish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan bo‘sh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band bo‘lgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;

aholi, shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan ozod qilingan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligini va ular ishga joylashtirilishi bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil qiladi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlarning va ta’lim muassasalarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan band bo‘lgan fuqarolarning bandligini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi;

bandlik va ish o‘rinlarini tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;

iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta o‘zgartirish davomida, shuningdek tashkilotlar qayta tashkil etilganda, bankrot bo‘lishi va tugatilishi natijasida ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yirik korxonalar bilan fuqarolar o‘rtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida yordam ko‘rsatadi;

nodavlat notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga nogironlar uchun ish o‘rinlarini tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;

nogironlar mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishga va rivojlantirishga, nogironlar bandligini ta’minlashda kasanachilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

ishsizlarni va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati takomillashtirilishini ta’minlaydi;

vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarining faoliyatini tashkil etadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari bilan birgalikda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni, shu jumladan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etadi va jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

ishsizlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moddiy qo‘llab-quvvatlash ta’minlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;

tashkilotlarda ish o‘rinlarining eng kam miqdori ajratilishi va ularga ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholining ayrim toifalariga mansub shaxslarning ishga qabul qilinishi masalalarini o‘rganadi va tahlil qiladi;

dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan mehnat kafolatlari amalga oshirilishini tashkil etadi;

odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;

b) mehnat munosabatlarini tartibga solish, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va mehnatni muhofaza qilish sohasida:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarning asosiy kasblari bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlari berish masalalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda eng muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlarining ro‘yxatini aniqlaydi va ular ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ishtirokida mehnat va bandlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;

mehnat va bandlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;

yagona texnik siyosatni amalga oshirish, tarmoqning axborot tizimlarini yaratishda yagona usul va vositalarni qo‘llash orqali mehnat va bandlik sohasida axborot tizimi shakllantirilishi va rivojlantirilishini ta’minlaydi;

mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Asosiy xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining Klassifikatorida ko‘rsatilgan ishchi kasblari va xizmatchilar lavozimlari nomlarining, ilgari normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarda ishlatilgan kasblar va lavozimlarga aynanligini va mutanosibligini belgilaydi;

tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlar boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ular birlashmalarining) takliflariga ko‘ra tarmoq bitimlari tuzishda qatnashadi;

mehnatni normalash, zamonaviy mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka ma’lumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga amaliy va metodik yordam beradi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va sektorlari uchun xodimlar sonining va mehnatga haq to‘lashning eng kam normativlarini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi;

manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat muassasalari va davlat unitar korxonalari uchun lavozimlar kiritish va xodimlar sonining normativlarini belgilash shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq to‘lashni tartibga solish usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

mehnatga haq to‘lash tizimini, yagona tarif setkasini, ish haqini tumanlar bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mehnat xavfsizligini ta’minlash va sharoitlarni baholash bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishini va qayta ko‘rib chiqilishini, ularni kelishish va tasdiqlashni tashkil qiladi, mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi;

mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, shuningdek mehnat sharoitlari noqulay ishlarda ishlayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

mehnat sharoitlari, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish materiallari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va tegishli xulosa berilishini ta’minlaydi;

ish o‘rinlarini mehnat sharoitlarining va asbob-uskunalarining jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassislar reyestrini yuritadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining takliflariga ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish, qo‘shimcha ta’til, qisqartirilgan ish kunini belgilash bo‘yicha xulosalar beradi;

noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlarning amaldagi ro‘yxatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;

mehnat muhofazasi bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra belgilangan mezonlarga muvofiq tashkilotlarni kasbiy xavflilik toifasiga kiritadi;

v) xalqaro hamkorlik sohasida:

mehnat va bandlik masalalarida xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik sohasida o‘zaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mehnat va bandlik masalalari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari bo‘yicha ish ko‘radi;

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining, mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha tuzilgan boshqa xalqaro shartnomalar bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli hisobot va ma’ruzalar tayyorlaydi va taqdim etadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda mehnat huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar vakillarining ishini tashkil etadi;

chet ellik donorlar va kredit tashkilotlarining aholi bandligini ta’minlash va mehnat muhofazasi maqsadlariga yo‘naltirilgan mablag‘larini belgilangan tartibda jalb etish va foydalanishni tashkil etadi;

g) moliya-xo‘jalik faoliyati sohasida:

Vazirlik tizimida moliya ishlarini, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablag‘ bilan ta’minlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;

Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallarini kelishadi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha balanslar va hisobotlarni ko‘rib chiqadi;

idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;

idoraviy mansub tashkilotlarning markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalardan samarali foydalanishini ta’minlaydi, Vazirlik tizimidagi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;

d) faoliyatining boshqa sohalarida:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda qonunchilik buzilishini bartaraf etish bo‘yicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;

vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda, o‘zining vakolati doirasida, odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularga yordam ko‘rsatishga ko‘maklashadi, jabrlangan fuqarolar huquqlarini tushuntiradi;

Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni tashkil etadi, rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyasini o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda vakolati doirasida ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda aholi turmushi darajasi va farovonligi yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishda va uni yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.


- aholining jins va yosh guruhlari bo‘yicha mintaqalar doirasida aholi bandligi darajasini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, har yili yangi ish joylari tashkil qilish dasturlari ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, aholi bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, mazkur ishlarning borishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish;



- band bo‘lmagan aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar va nogironlar uchun, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash samarali tizimini tashkil etish, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishning samarali tizimini tashkil etish;



- mehnatni muhofaza qilish va bandlik sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, mehnat munosabatlari, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish.

F.I.O. Lavozim Hafta kunlari Vaqti

Kudbiyev Sherzod Davlyatovich

Vazir payshanba 8:00 - 11:00
Muxitdinov Erkin Madorbekovich Vazirning birinchi o‘rinbosari

chorshanba, dushanba

8:00 - 11:00

Umarov Zakir Sabirdjanovich

Vazir o'rinbosari

seshanba, juma

8:00 - 11:00

Nizomov Boxodir Maxmudovich

Vazir o'rinbosari

seshanba, juma

8:00 - 11:00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa