Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Manzil:


100095, Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96

Telefon: +99871 246-0112
Veb sayt: www.edu.uz
E-mail devonxona@edu.uz
Hududiy bo`linma nomlanishiManzilTelefonElektron pochta 
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti qoshidagi "Elektron Hukumat" o'quv markaziKo`rib chiqish
Funksiyalar Vazifalar

  • oliy ta'lim muassasalarida va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarda \"Ta'lim to'g'risida\"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini ta'minlaydi;

  • bakalavriat ta'limi va magistratura mutaxassisliklari yo'nalishlari bo'yicha davlat ta'lim standartlarini, oliy ta'lim fanlarining namunaviy o'quv rejalari va dasturlarini, shuningdek oliy ta'lim muassasalari faoliyatining aniq turlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq bakalavriat ta'limi va magistratura mutaxassisliklarining istiqbolli yo'nalishlari ro'yxatini belgilaydi;

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oliy ta'limning yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritadi;

  • o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yangi avlod o'quv va o'quv-metodik adabiyotlar, elektron kutubxonalar joriy etilishini ta'minlaydi;

  • oliy ta'lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;

  • oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida milliy mustaqillik g'oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy an'analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan o'sib kelayotgan avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi;


  • oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo'lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg'or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma'lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • ilg'or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o'rta masxus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo'ljallangan vazifalar bajarilishini ta'minlash;

  • idoraviy bo'ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar respublikaning oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o'quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta'lim standartlari talablari hamda ta'lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo'yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta'minlash;

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta'lim xizmatlariga bo'lgan talabni o'rganish va uning qondirilishini ta'minlash;

  • o'quv-tarbiya jarayonida o'qitishning ilg'or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o'qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Majidov Inom Urushevich

Vazir Har kuni 08:00-11:00

Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich

Vazirning birinchi o'rinbosari

Seshanba, Payshanba

15:00-18:00

Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich

Vazirning birinchi o`rinbosari Juma 10:00-12:00

Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich

Vazir o`rinbosari

Dushanba, chorshanba, juma

15:00-18:00

Inoyatov Mirabbos Mirkomilovich Vazir o`rinbosari

Dushanba, chorshanba, juma

08:00-11:00
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa