- davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- diniy tashkilotlar, shuningdek xorijiy diniy tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarga doir diniy masalalar bo’yicha ishlarni olib boradi;
- diniy tashkilotlar iltimosiga ko’ra ularning davlat organlari bilan o’zaro aloqalariga ko’maklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar bo’yicha zarur yordam ko’rsatadi;
- diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o’rtasida o’zaro bir-birini tushunishni va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o’tkazadi, ushbu borada tashkilotchilik ishlarini amalga oshiradi;
- O’zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig`iga ko’ra vijdon erkinligiga va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
|
- mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish;
- davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
- davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
- diniy ta’lim muassasalari faoliyati belgilangan tartibda litsenziyalanishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi, listenziyalar reestrini yuritadi;
- respublika doirasida va chet ellarda diniy tashkilotlar o’rtasida aloqalar o’rnatilishini tashkil qiladi.
|