- manfaatdor vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari bilan birgalikda respublika sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish prognozlarini va maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi;
- kasalliklarning oldini olish, tibbiy yordam, nogironlik, tibbiy ekspertiza bo'yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
- sog'liqni saqlash tizimi davolash muassasalari, shuningdek xususiy tibbiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi shaxslar tomonidan aholiga o'z vaqtida malakali va sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- tibbiy yordam sifati standartlarini va hajmini belgilaydi, tibbiy va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
- dori-darmon va dezinfektsiya, sanitariya-gigiena va parfyumeriya-kosmetika vositalarini, immunobiologik preparatlarni hamda tibbiyot va farmatsevtika buyumlarini, kuchli ta'sir qiluvchi va zaharli moddalarni, narkotik, psixotrop vositalarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashni, ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanish tartibini nazorat qilishni amalga oshiradi;
- dori-darmon, dezinfektsiya vositalariga, immunobiologik preparatlarga va boshqa tibbiyot buyumlariga bo'lgan ehtiyojni o'rganadi, talab va takliflar balansini ishlab chiqadi;
- favqulodda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi;
|
- aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni, sog'lom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni, profilaktik sog'liqni saqlashni rivojlantirishni, sog'lom turmush tarzini keng ommalashtirishni ta'minlovchi davlat siyosatini amalga oshirish;
- fuqarolarniig aholiga tibbiy-sanitariya xizmati ko'rsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasida va sifatda malakali tibbiy xizmat olishga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini, aholining ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlarning barcha turlaridan teng bahramand bo'lishini ta'minlash;
- Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish kontseptsiyasini amalga oshirish, sog'liqni saqlashning nodavlat sektorini, xususiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish va tibbiy xizmatlar bozorini tashkil etish;
- tarmoqni isloh qilishning me'yoriy-huquqiy negizini yaratish, sog'liqni saqlashni rivojlantirish bo'yicha maqsadli dasturlarni ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni ishlab chiqish va yaratish;
- sog'liqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
- mamlakatimiz tajribasini va eng yaxshi jahon yutuqlarini uyg'unlashtirish asosida tibbiyot fanini rivojlantirish strategiyasini va prognozlashni ishlab chiqish, ilmiy-tibbiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, fan, texnika va ilg'or tajriba yutuqlarini sog'liqni saqlash amaliyotiga joriy qilish;
|