- davlat strategik zaxirasida moddiy boyliklar harakatining (to'plash, yangilash, almashtirish, chiqarish) yillik hajmlarini shakllantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
- davlat strategik zaxirasi tovarlari va mahsulotlari to'planishi, joylashtirilishi, saqlanishi va chiqarilishini belgilangan tartibda ta'minlaydi;
- vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishi (to'planishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi), shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi va o'z vaqtida qaytarilishi ta'minlanishi bo'yicha topshiriqlar bajarilishini nazorat qiladi;
- davlat strategik va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklari bilan ishlashda qonun buzilishlari aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo'llaydi;
- respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirish bo'yicha xarajatlari moliyalashtirilishini, shuningdek qo'mita tarkibiy bo'linmalari faoliyati moliyalashtirilishini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
|
- O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda davlat strategik zaxirasida moddiy boyliklar to'planishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishining yillik hajmlarini aniqlash;
- davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan ularning to'planishi, saqlanishi va yangilanishini ta'minlash;
- vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishi (to'planishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi), shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi va o'z vaqtida qaytarilishi ta'minlanishi bo'yicha topshiriqlar bajarilishini doimiy nazorat qilish;
- davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga doimiy tayyorlikni ta'minlash;
- Vazirlar Mahkamasiga va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridagi moddiy boyliklar to'g'risidagi yig'ma hisobotlarni, ularni to'plashga doir topshiriqlar bajarilishi hamda davlat strategik va safarbarlik zaxirasiga qaytarilishi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.
|