Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Manzil:


100115, Toshkent sh.,Chilonzor tumani, Nurxon ko'chasi, 21 uy.

Telefon: (+998 71) 231-07-53
Veb sayt: www.tdi.uz
E-mail info@tdi.uz
Hudud Manzil Telefon E-mail
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg`ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Funksiyalar Vazifalar


a) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazoratqilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:



o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qilish;



pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;



pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash;



ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va o‘tkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;



pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;



pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari berishni tashkil etish;



lavozim va malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish;



pedagog kadrlarning nazorat sinovlari natijasi bo‘yicha lavozim va malaka toifalariga oid sertifikatlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish;



kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda ish beruvchilarning ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati bo‘yicha takliflari asosida mutaxassislik malaka talablarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;



davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;



ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya hamda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;



uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan fan olimpiadalari, bellashuvlar va turli ko‘rik-tanlovlarni xolis va adolatli o‘tkazilishini nazorat qilish, natijalarini tahlil etish;



ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;



b) idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish sohasida:



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish;



ta’lim sifati nazorati hamda attestatsiya jarayonida qo‘llaniladigan nazorat materiallarini ishlab chiqish, maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;



ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun jalb etiladigan ekspertlarni tanlash, o‘qitish va o‘qitish yakunlari bo‘yicha ushbu ekspertlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;



ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;



ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;



ta’lim sifati monitoringi, attestatsiya o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;



attestatsiya natijalariga ko‘ra, ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;



davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalarining reyestrini yuritish;



ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni va natijalariga doir masalalar bo‘yicha ekspert xulosalari, hisobotlar, tahliliy materiallar tayyorlash;



idoraviy mansubligidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash;



v) o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash sohasida:



o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarini aniqlash maqsadida nazorat materiallarini ishlab chiqish;



nazorat ishlarini o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash, shu jumladan ta’lim muassasalarida umumta’lim fanlari va kasbiy fanlar bo‘yicha tanlab olish asosida bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasi va o‘qitish sifati monitoringini o‘tkazish orqali ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;



o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini bajarish darajasini o‘rganishga qaratilgan intellektual ko‘rik-tanlovlar, musobaqalarni tashkil etish;



ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqishni tashkil etish;



zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish;



ta’lim muassasalarida o‘qitish va kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;



ta’lim sifatini baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;



ta’lim sifatini baholash natijalari asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatining umumiy holati bo‘yicha ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;



g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berish sohasida:



talabgorlarning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni tashkil etish;



talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlash;



talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari haqida talabgorlarga ma’lumot berish;



ijobiy ekspert xulosalari asosida litsenziyalarni rasmiylashtirish va nodavlat ta’lim muassasalariga berish;



d) xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish sohasida:



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat tarkibda tegishli ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagihujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspert komissiyasini (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) shakllantirish va uning ishini tashkil etish;



talabgorlardan xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) uchun zarur bo‘lgan ta’lim to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish;



ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlash va materiallarni Ekspert komissiyasiga yuborishni tashkil etish;



Ekspert komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun taqdim etilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra xulosa tayyorlanishini tashkil etish;



Ekspert komissiyasining xulosasi haqida talabgorga ma’lum qilish;



xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olinganda va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) amalga oshirilganda talabgorga davlat namunasidagi guvohnomalar rasmiylashtirilishini tashkil etish;



ye) respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilganhujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish sohasida:



respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabulqilib olish;



respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;



pedagog kadrlar ta’minoti, moddiy-texnik baza, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa texnik vositalarni ta’lim dasturini amalga oshirish uchun yetarliligi yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlash;



j) ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish sohasida:



apostil qo‘yish uchun murojaatlar va tegishli hujjatlarni qabul qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish;



apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish;



apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida ariza beruvchiga ma’lumot berish.



10. Hududiy bo‘limlar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:



ta’lim muassasalari attestatsiyasining o‘tkazilishini, uning sifatli va samarali tashkil qilinishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;



ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida Davlat inspeksiyasi va ta’lim sohasidagi hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zarohamkorlikni muvofiqlashtirish;



oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonini muvofiqlashtirish;



ta’lim va kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirish.


ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;



idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;



o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berishni tashkil etish;



xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish;



respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;



ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Tashkenbayev Ulug'bek Negmatovich

Inspeksiya boshlig'i

Sharifxodjayev Usman Ulfatovich Inspeksiya boshlig'i o'rinbosari
Odilov Asliddin Axmatjonovich Ta'lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akreditatsiyasi bosh boshqarmasi boshlig'i

Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich

Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta'lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig'i

Radjiyev Ayubxon Baxtiyorxonovich

Uzluksiz ta'lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig'i

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa