- ham respublika hududida, ham chet elda xorijiy davlatlar, xalqaro, hukumatlararo va mintaqaviy tashkilotlar bilan diplomatik va konsullik aloqalarini amalga oshiradi;
- respublikaning chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarning tarkibini belgilangan tartibda shakllantiradi va ishini tashkil etadi, faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- xalqaro huquq me'yorlariga va O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq boshqa davlatlarning respublika hududidagi doimiy diplomatik vakolatxonalari bilan munosabatlarni qo'llab-quvvatlaydi, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini akkreditatsiya qiladi;
- xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qiladi, O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosati to'g'risida jamoatchilikni xabardor qilish chora-tadbirlarini ko'radi, boshqa davlatlarning jurnalistlari bilan brifinglar, matbuot konferentsiyalari va uchrashuvlar o'tkazadi;
- xorijiy davlatlarning savdo vakolatxonalarini, xalqaro siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va birlashmalarining vakolatxonalari va missiyalarini akkreditatsiya qiladi;
- O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik va konsullik immunitetiga rioya qilish uchun sharoitlar yaratadi, xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq o'z funksiyalarini bajarishlarida ularga ko'maklashadi;
- chet elda ishlovchi vatandoshlar bilan aloqalar va munosabatlarning rivojlanishiga ko'maklashadi;
- pasport-viza hujjatlarini rasmiylashtiradi;
|
- O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosati strategiyasi, uning Tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek davlatning xalqaro faoliyati umumiy muammolarga doir masalalar bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentini xalqaro siyosat masalalari bo'yicha zarur axborot bilan ta'minlaydi;
- o'z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo'yicha ishini muvofiqlashtiradi;
- respublika organlari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining milliy-davlat manfaatlarini, shuningdek uning xorijdagi fuqaroligining huquqlarini himoya kilishni ta'minlaydi;
- Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, xalqaro moliyaviy, iqtisodiy va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o'rnatilishiga va bu aloqalarning kengayishiga ko'maklashadi;
- belgilangan tartibda va o'z vakolatlari doirasida boshqa mamalakatlarning tegishli davlat organlari va Tashqi siyosiy muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi hamda shartnomalar va bitimlar tuzadi:
- O'zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini ta'minlaydi hamda bu shartnomalar va bitimlar asl matnlarining depozitari hisoblanadi;
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, ijro etish va denonsatsiya qilish to'g'risidagi takliflarni belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
- tegishli davlat shartnomalari va bitimlarini ratifikatsiya qilish uchun belgilangan tartibda Oliy Majlisga taqdim etadi;
- boshqa davlatlarning tegishli Tashqi siyosiy organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish to'g'risida shartnomalar va bitimlar tuzadi;
|