Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining funksiyalari quyidagilar:
— inson huquqlariga oid xalqaro konvensiyalarning bajarilishi haqida milliy ma’ruzalar, inson huquqlari va erkinliklari sohasida milliy harakat rejalari va dasturlarini tayyorlash;
— inson huquqlari masalalari bo‘yicha davlat organlariga tavsiyalar tayyorlash, ularga maslaxat berish va ularning ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
— nohukumat, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ularga inson huquqlari sohasida maslaxat berish, ushbu sohada jamoatchilik tashabbusini rag‘batlantirish va muvofiqlashtirish;
— aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha axborot bazasini yaratish, inson huquqlari bo‘yicha adabiyot chop etish;
— O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish, davlatlararo shartnomalarni ishlab chiqish.
|
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining asosiy vazifalari quyidagilar:
— milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, qonunlar va inson huquqlari sohasida umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
— O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish;
— O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash;
— davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berib turish faoliyatini amalga oshirish;
— davlat organlarining inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasida o‘qitish, targ‘ib qilish, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
— O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etish;
— davlat organlarining inson huquqlariga rioya etish va bu huquqlarni himoya qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ularga tavsiyalar tayyorlash;
— inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish.
|