Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi
Manzil: 100060, Toshkent shahri, T.Shevchenko ko`chasi, 11
Telefon: +99871 256-8653
Veb sayt: www.uzgeolcom.uz
E-mail info@uzgeolcom.uz
Hudud Manzil Telefon E-mail
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg`ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Funksiyalar Vazifalar

  • O'zbekiston hududining geologik jihatdan o'rganilganligini tahlil qiladi, bunda mintaqaviy geologik tadqiqotlarni va amaldagi kartografik asoslarning davlat tomonidan geologik suratga olishlarning yangi materiallari, boshqa tadqiqotlar natijalari bilan yangilanganlik darajasini hisobga oladi;

  • manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar bilan birgalikda mineral-xom ashyo bazasidan foydalanish, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, ulardan oqilona va kompleks foydalanish strategiyasi hamda ushbu maqsadlar uchun zarur bo'lgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari haqida takliflar ishlab chiqadi;

  • respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqishda, respublikaning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va takroriy ishlab chiqarish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish davlat dasturlarini, yer osti boyliklarini geologik o'rganish va muhofaza qilish xalqaro dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o'z vakolatlari doirasida qatnashadi;

  • kon-metallurgiya kombinatlari bilan birgalikda, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) va o'rta muddatli (3 yilgacha bo'lgan davrga) geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

  • O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat geologiya qo'mitasi tizimi bo'yicha geologiya-qidiruv ishlarining o'rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirish doirasida geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


  • yer osti boyliklarini geologik o'rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xom ashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqarish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;

  • hududlarni mintaqaviy geologik o'rganish yuzasidan kompleks tadqiqotlar sifatli amalga oshirilishini ta'minlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini va ilg'or usullarini keng qo'llagan holda davlat geologik suratga olishlarini tizimli asosda olib borish asosida geologik axborotlarning xolisonaligini va ishonchliligini oshirish;

  • Davlat geologiya qo'mitasi korxonalari tomonidan bajariladigan gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari, foydali qazilmalarning yangi (noan'anaviy) turlari konlarini qidirib topish, baholash va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta'minlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish;

  • prognoz qilishning ilg'or metodlaridan foydalangan holda yer osti boyliklari to'g'risidagi geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, foydali qazilmalar konlarini (uglevodorodlardan tashqari) qidirish va baholash natijalari asosida geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), o'rta muddatli (3 yilgacha bo'lgan davrga) hamda har yilgi dasturlarini respublikaning kon-metallurgiya kombinatlari bilan birgalikda shakllantirish, shuningdek ularning amalga oshirilishini ta'minlash;

  • geologiya-qidiruv ishlari samadorligini baholash va tarmoqning yakuniy natijalariga — yer osti boyliklari hamda gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlarining sanoat zaxiralarini ko'paytirish to'g'risidagi boshqa axborotlarning to'liqligi va sifati bilan bog'liq holda rag'batlantirish asosida geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

To’ramurotov Ilhomboy Bekchonovich

Rais vazifasini bajaruvchi

Seshanba, payshanba

17:00 – 19:00

Mavlonov Aslon Akramovich

Rais o’rinbosari

Dushanba, payshanba

17:00 – 19:00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa