- shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta'minlaydi, ularga rioya etilishi va ularning qo'llanishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
- o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo'limlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
- O'zbekiston Respublikasi hududida aholi joylashishining Bosh sxemasi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish sxemalari va umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik ob'ektlarining shaharsozlik hujjatlari, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqilishi tashkil etilishini ta'minlaydi;
- shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli bo'lgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno, va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega bo'lgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralarni belgilash to'g'risida takliflar kiritadi.
|
- shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalarini ta'minlash;
- loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish;
- kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- kapital qurilishni yanada isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
|