- O'zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning asosiy strategik yo'nalishlarini ishlab chiqadi;
- turizmni rivojlantirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
- turistik faoliyatni litsenziyalash bo'yicha ishchi organ funksiyasini amalga oshiradi;
- "Turizm to'g'risida"gi Qonunga muvofiq turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
- turizm sohasida statistik hisobot tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
- turizm sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi;
- tahliliy ishlarni amalga oshiradi va respublikada turizmni rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari va prognozlarini belgilaydi;
- turizmni rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli,
tarmoq va mintaqaviy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
- turistik xizmatlarning amalga oshirilishini reklama-axborot bilan ta'minlash faoliyatini amalga oshiradi;
- xorijiy davlatlarning milliy turistik ma'muriyatlari va ularning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- Jahon turizm tashkiloti hamda turizm bilan bog'liq boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlaydi, ularda respublika manfaatlarini ifodalaydi;
- turizm industriyasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish ishlarida qatnashadi;
- turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi;
- tashqi bozorda O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga rioya etilishini tahlil qiladi hamda uning asosida turizm sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
- turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha xalqaro dasturlarni amalga oshiradi.
|
- turizm sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini ta'minlash, turistik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko'maklashish;
- turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishini va xavfsizligini ta'minlash dasturlarini amalga oshirish, turistik faoliyatni tarmoqlararo va mintaqalararo muvofiqlashtirish; turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish;
- turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish; turizmni rivojlantirish sohasiga xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish; turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, turizm tarmoq fanini rivojlantirishga ko'maklashish.
|