Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Manzil:


100001, Toshkent shahri, O`zbekiston shoh ko`chаsi, 6

Telefon: +99871 212-6010; 212-6299


Veb sayt: www.cbu.uz
E-mail info@cbu.uz
Hududiy bo`linma nomlanishiManzilTelefonElektron pochta 
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Zarafshon ko'chasi, 4

+998 (71) 233-73-33, +998 (71) 233-02-33info@cbu.uzKo`rib chiqish
Funksiyalar Vazifalar


Markaziy bank:



  • O'zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar uchun ijro etish majburiy bo'lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;

  • banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o'tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;

  • banklar uchun ochiq valyuta mavqei limitlarini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi;

  • milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi;

  • O'zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va boshqaradi.


O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat.

Asosiy vazifalari:



  • monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • O'zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta'minlash;

  • banklar, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

  • O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;

  • davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.



Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash maqsadida quyidagi o'zining asosiy vazifalarini amalga oshiradi.

Markaziy bank kelishilgan monetar va valyuta siyosatini amalga oshirish jarayonida muomaladagi umumiy pul massasi, milliy pul birligining chet valyutasiga nisbatan ayirboshlash kursini barqarorligi ustidan ma'lum darajada nazorat olib boradi, aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini saqlashga yordam beradi.

Markaziy bank o'zining valyuta va kredit operatsiyalari orqali pul massasini oshirish yo'li bilan tovarlar va xizmatlar, yalpi ishlab chiqarish hajmi, eksport va import hajmi hamda aholining bandlik darajasiga ta'sir etadi.

Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish bo'yicha davlat organidir.



Mamlakatda samarali to'lov tizimini ta'minlashda hisob-kitoblar tizimini tashkil etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan biridir. To'lovlar O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar ko'rinishida amalga oshiriladi.

F.I.O

Lavozimi

Hafta kunlari

Qabul qilish vaqti

Nurmuratov Mamarizo Berdimuratovich

Markaziy bank Raisi

Shanba

8:00-11:00

IshmetovTimurAmindjanovich

Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi

Seshanba

8:00-11:00

Akmalov Alisher Valiyevich

Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi

Payshanba

8:00-11:00

Atabayev Shuhrat Xaldarovich

Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi

Chorshanba

8:00-11:00

Zaxidov Botir Erkinovich

Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi Juma

8:00-11:00

Xadjizadayev Sherzod Rafatovich

Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi Dushanba

8:00-11:00

IslamovAdxamRustamovich

Markaziy bank Raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi Chorshanba 10:00-12:00
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa