- maksimal darajada bandlikni ta'minlash, daromadlarni oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasini kamaytirish
- mehnatga haq to'lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etish
- madaniy-maorif, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etish, madaniyat muassasalari va sport inshootlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
- insonni ma'naviy va jismonan rivojlantirishga yordam beruvchi bo'sh vaqtidan oqilona foydalanish
- ishlab chiqarishni rivojlantirish darajasiga muvofiq ishlovchilarning malakasini oshirish va kasb jihatdan qayta tayyorlash
|
- O'zbekiston kasaba uyushmalari harakatining strategiya va taktikasini ishlab chiqadi, a'zo tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish, ularni mustahkamlashga ko'maklashadi
- ijtimoiy sherikchilik tizimini rivojlantirish, ish beruvchilar va davlat hamda ijro hokimiyati organlari, kasaba uyushmalarning uch taraflama hamkorligi printsiplarini amalga oshirishga ko'maklashadi
- Federatsiya, ish beruvchilarning respublika birlashmalari bilan Bosh kelishuvni va Federatsiyaga a'zo tashkilotlar manfaatlariga javob beradigan boshqa kelishuvlarni ishlab chiqish va tuzish tashabbusi bilan chiqadi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi
- mehnat munosabatlariga oid xalqaro shartnomalar, konventsiyalarni ratifikatsiya qilishga ko'maklashadi, tegishli davlat hokimiyati organlariga mehnat munosabati, bandlik, mehnat migratsiyasi, kasb ta'limi, mehnat va sog'liqni muhofaza qilish, kasaba uyushmalari huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, gender tenglik, yoshlar, ijtimoiy mehnat sohasiga aloqador boshqa masalalarga doir qonunlar, boshqa normativ huquqiy hujjatlar haqida takliflar kiritadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi
- mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, boshqa mehnat huquqi normalari mavjud normativ huquqiy hujjatlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi
|