- respublika xalq xo'jaligi va aholisining yuqori sifatli qurilish mahsulotiga, maxsus qurilish-montaj ishlariga va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadida assotsiatsiyaga kiruvchi trestlar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish
- yagona ilmiy-texnikaviy siyosat o'tkazish, asosan materiallarning yangi turlarini, uskunalarni montaj qilish va ulardan foydalanishning ilg'or sistemalarini, uy-joy, ijtimoiy-madaniy va sanoat inshootlarini qurish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish
|
- assotsiatsiyaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga bozor munosabatlariga o'tishda, ularni ijara, kollektiv, aksionerlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirishda ko'maklashish
- assotsiatsiyaga a'zo bo'lgan korxonalarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash, birgalikdagi investitsiya faoliyati, mehnat jamoalarining ijtimoiy ahvolini yaxshilash, ularning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash sohasida yagona strategiyani ro'yobga chiqarish
- mahsulot yetkazib beruvchilar, jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulot yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli bevosita aloqalar o'rnatishda korxonalarga ko'maklashish, ularga tijorat, marketing xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish
|