- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga intellektual mulk obyektlarini huquqiy muxofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirishda bevosita qatnashadi;
- intellektual mulk obyektlarini huquqiy muxofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi hamda ko’rib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
- innovatsiya texnologiyalari va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalari yaratilishini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik hamda ijodiyot ishlarining boshqa turlarini rag’batlantirish, ularni, shu jumladan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqarishga keng joriy etishni ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomiga nisbatan muhofaza hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko’rib chiqish uchun qabul qiladi;
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari, integral mikrosxemalar topologayalari davlat ekspertizasini amalga oshiradi, arizada ko’rsatilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi.
|
- intellektual mulk obyektlarini huquqiy muxofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulk obyektlariga bo’lgan huquq egalari huquqlarini himoya qilish;
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish;
- innovatsiya texnologiyalari va ixtirolarni, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalarini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik va ijodiyot ishlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishga keng joriy etishga har tomonlama ko’maklashish;
- patent hujjatlarining davlat fondini va intellektual mulkning rasman ro’yxatdan o’tkazilgan obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni saqlash va ulardan foydalanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
- intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini qat’iy nazorat qilish, vakolatli davlat organlari bilan birgalikda kontrafakt tovarlarning respublika hududiga noqonuniy olib kirilishi va aylanishining oldini olish chora-tadbirlarini ko’rishda qatnashish.
|