- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish va ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish ishida xalqaro hamkorlik bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida respublika Fanlar akademiyasi, vazirliklari, idoralari, ilmiy tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarni olib borishga layoqatini aniqlash bo'yicha test sinovlari natijalari asosida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini muvofiqlashtiradi, monitoringini olib boradi, shuningdek ularni ro'yxatdan o'tkazadi;
- katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchi institutlari tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sifatining tizimli monitoringini olib boradi;
- fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar ishini shakllantirish va tashkil etish tartibi bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, fan doktori ilmiy darajasini va ilmiy unvonlarni berish tartiblari to'g'risidagi nizomlarni o'z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasining iltimosnomalari bo'yicha oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlarni tashkil etadi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ilmiy kengashlarga dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish huquqini beruvchi ixtisosliklar ro'yxatini belgilaydi.
|
- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish sohasida O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta'minlash;
- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- doktorlik dissertatsiya ishlariga hamda fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarning yagonaligini ta'minlash;
- ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, ta'lim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirishga ko'maklashish;
- ortiqcha byurokratik jarayonlarni yo'qotishga yo'naltirilgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish.
|