• tarmoqni barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;
• tashqi va ichki bozorlarda raqobatga bardoshli bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, bunda ip yigirishdan tayyor buyumlar ishlab chiqarishgacha bo'lgan barcha texnologik jarayonlarda mahsulotlar sifati oshirilishi va qiymati pasaytirilishini nazarda tutish;
• xorijiy sheriklar bilan uncha katta bo'lmagan, ixcham qo'shma korxonalar tashkil etish, shuningdek yengil sanoat korxonalarini xususiylashtirish va xususiy mulk etib berish masalalariga butun choralar bilan ko'maklashish, bunda yirik hamda bozor sharoitlariga moslashmagan ulkan korxonalar tashkil etilishiga yo'l qo'ymaslik;
• faoliyat ko'rsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish, bunda ularda zamonaviy ilg'or asbob-uskunalar va texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutish;
|
• yengil sanoat sohasida jahon bozorida yetakchi mavqeni egallagan mamlakatlar tajribasini chuqur o'rganish va marketing tadqiqotlarini tashkil etish, bunda tarmoqning eksport potentsialini rivojlantirishga va tovarlarni tashqi bozorlarga kiritishga alohida e'tibor qaratish;
• tarmoqda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko'rsatish, keng reklama faoliyatini amalga oshirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko'rgazmalari va yarmarkalarini, shu jumladan chet ellarda tashkil etish;
• kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
|