Yaratuvchilik: Biz mamlakatimizda buyuk o'zgarishlar yuz berayotgan davrda yashayapmiz. Bizlarning har birimizning o'z vazifamiz mavjud va u atrofdagilar uchun doimo foydali, ma'suliyatli va talabga ega bo'lishdan iboratdir.
Yangilik yaratuvchilik: Biz o'z mijozlarimizning talablariga javob berish uchun o'tmishdagi ajdodlarning donoligi va bugungi kunning yangi echimlarini birlashtiramiz.
Ishonch va adolat: O'z ishining ustaligi darajasiga ko'paytirilgan halollik va ishonchlilik – bizning jamoamizga xos xususiyatdir.
Bank mijoz uchun: Biz doimo o'z mijozlarimiz manfaati uchun faoliyat olib boramiz.
Uyushgan holda ish olib borish: Biz faqatgina birgalikda ishlagan holdagina o'z maqsadlarimizga erishamiz. Bizning ma'suliyatli ishchan munosabatimiz – Sizlarning muvaffaqiyatga erishishingiz uchun asosdir.
Vatanparvarlik: Biz, jumladan bizning Bank ham, o'zimiz ish olib borayotgan jamiyatning rivojlanishi uchun ma'suliyatni his qilamiz.
|
Bankning asosiy maqsadi bank operatsiyalarini amalga oshirishda daromad olish. Bank operatsiyalari O'zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ruxsatnomasi (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. Bank quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin: jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo'yicha hisob-kitob qilish;omonatlarga pul mablag'larni jalb etish;
kreditlarning qaytarishliligi, to'lovliligi, ta'minlanganligi, maqsadliligi va muddatliligi sharti bilan o'z mablag'lari va jalb etilgan mablag'lar hisobidan o'z nomidan Bank mijozlariga – korxona, tashkilot va muassasalarga kreditlar berish; mablag' egasi yoki mablag'ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag'larini boshqarish; moliyaviy lizingni tashkillashtirish va amalga oshirish;
qimmatli qog'ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog'ozlarni boshqarish, shuningdek qimmatli qog'ozlar bilan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa operatsiyalarni bajarish; pul mablag'lari, veksellar, to'lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po'lat sandiqlarni ijaraga berish;
uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko'rsatish;
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
xalqaro bank amaliyotlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasida maxsus ko'rsatilgan boshqa operatsiyalar. Bank chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan taqdirda, bank chet el valyutasida operatsiyalar o'tkazish huquqiga ega. Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug'urta faoliyati bilan shug'ullanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bank qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
|