- Foydali qazilmalarni kavlab olish;
- Qimmatbaho va noyob metallarni, qimmatbaho toshlarni kavlab olish;
- Tarkibida qimmatbaho va noyob metallar mavjud bo'lgan sanoat mahsulotlarini qayta ishlash;
- Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash;
- Qimmatbaho metallar va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini transportda tashish va sotish;
- Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, konni ochish, qayta ishlash, foydalanish, saqlash, xizmat ko'rsatish, transportda
tashish, zararsizlantirish, utillashtirish va ko'mish;
- Portlovchi va zaharli moddalarni, ular qo'llaniladigan materiallar va buyumlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish;
- Portlatish ishlarini bajarish;
- O'zbekiston Respublikasining barcha hududida qimmatbaho metallar, uran hamda ularga yo'ldosh foydali qazilmalarga oid geologiya-qidiruv ishlarini
bajarish;
- Geodeziya faoliyati;
- Ko'priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ta'mirlash;
- Xavfi yuqori bo'lgan obyektlarni va potentsial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ishlatish;
- Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
- Kapital qurilish;
- Teleradio eshittirishlar translyatsiyasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish;
- Telekommunikatsiyalarning mahalliy, shaharlararo va xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko'rsatish;
- Harakatlanadigan radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko'rsatish;
- Shaxsiy radio chaqiriq tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko'rsatish;
- Ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko'rsatish;
- Axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish, ta'mirlash va ulardan foydalanish;
- Yong'inga qarshi avtomatlar, qo'riqlash, yong'in va qo'riqlash-yong'in signalizatsiyasi vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish;
- Ichki qatnovda yo'lovchilar va yuklarni temir yo'lda tashish;
- Avtomobil transportida yo'lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro tashish;
- Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tashish, saqlash, realizatsiya qilish, tibbiy ehtiyojlar uchun foydalanish va yo'q qilish. Prekursorlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish;
- Fosfor xom ashyosi va o'g'itlar ishlab chiqarish;
- Stanoksozlik;
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish.
|
Kombinat shuningdek
- faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi: tibbiy faoliyat;
- farmatsevtika faoliyati; noshirlik va matbaachilik faoliyati;
- turistik faoliyat; ulgurji savdo va savdo-vositachilik faoliyati; tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish;
- bojxona omborini ta'sis etish;
- o'lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish; aeroportlarda yo'lovchilar va yuklarni havoda tashish ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan havo kemalariga xizmat ko'rsatish;
- o'z ehtiyojlari va boshqa iste'molchilarning ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlarni ishlab
chiqarish; iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va aholiga xizmatlar ko'rsatish;
- oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari hamda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni chakana tarmoq orqali sotish; lyuminestsent lampalarni demerkurizatsiyalash; temir yo'l transportida yuk karvonsaroylari tashkil etish;
- bolalar, o'smirlar va yoshlar sog'lomlashtirish oromgohlari va boshqalarni, dam olish zonalarini tashkil etish.
|