- ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari to'g'risidagi nizomlarga takliflarni ishlab chiqadi hamda O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda test sinovlari natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi;
- murakkablik darajasi ta'lim dasturlariga muvofiq bo'lgan test materiallarini ishlab chiqadi va ular asosida ta'lim muassasalariga kirayotgan abiturientlarni test sinovlaridan o'tkazadi;
- o'quvchilar va talabalar bilimlarining joriy va yakuniy baholarini tahlil qilish asosida test va reyting ballarining xolisonaligini, respublikaning barcha ta'lim muassasalarida ta'lim, o'qitish, o'quv rejalari va dasturlari sifatini baholaydi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
- test sinovlaridan o'tuvchi shaxslar uchun o'quv-uslubiy qo'llanmalarni ishlab chiqadi va nashr qiladi.
|
- respublika ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olish, kadrlar tayyorlash sifati va o'quv jarayoni samaradorligi xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
- abiturientlar, o'quvchilar, talabalar bilimlarining O'zbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlariga va davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
- qobiliyatli yoshlarni izlash va tanlash tizimini takomillashtirish;
- murakkablik darajasi ta'lim dasturlariga muvofiq bo'lgan test materiallarini ishlab chiqish hamda ular asosida ta'lim muassasalariga kirayotgan abiturientlarni test sinovlaridan o'tkazish;
- test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta'minlash.
|