Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lsam va ona tilida yaxshi so’zlasha olsam ham mulat bo’lganim tufayli ishga olishga rad etishlari mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. Ishga qabul qilishni rad etish mehnat huquqlariga ega bo’lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega bo’lish, mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi haqidagi Mehnat kodeksining6-moddasi birinchi qismining qoidalariga zid hisoblanadi. Ko’rilayotgan masalaga bo’yicha, Mehnat kodeksining 6-moddasi birinchi qisimida bevosita sanab o’tilgan hollar bo’yicha (jinsi, yoshi, irqi, millati, tili va b.) ishga qabul qilishni rad etish noqonuniy bo’ladi.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 6-moddasi birinchi qismida keltirilgan holatlar ro’yxati tugal emas. YA’ni, xodimning kasbiy sifatlari bilan bog’liq bo’lmagan har qanday cheklash yoki afzalliklar berish mehnatga oid munosabatlarda kamsitilish deb topilishi mumkin.

Agar siz zarur kasbiy sifatlarga ega bo’lsangiz, boshqa har qanday sababga ko’ra, shu jumladan siz mulat bo’lganligingiz sababli rad qilish mumkin emas.

Kasbiy sifatlar deganda quyidagilarning mavjudligi tushuniladi:

a) tegishli kasbiy-malakaviy sifatlar (ma’lum bir kasb, mutaxassislik, malaka);

b) ushbu ishni bajarish (tegishli lavozimni egallash) uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlar: ma’lum bir ta’lim darajasi, tegishli mutaxassislik bo’yicha ish tajribasi, sog’lig’ining holati va hok.

Agar sizni ishga qabul qilishni rad qilishsa, siz bunday rad etishning asosini talab qilishingiz mumkin. Ishga qabul qilishni rad etishning asoslari albatta yozma shaklda berilishi lozim. Agar rad etishning sabablari haqida haqida og’zaki ma’lum qilingan bo’lsa, Mehnat kodeksining tegishli talabi bajarilmagan hisoblanadi. Bundan tashqari, ishga qabul qilishni rad etishning asoslari ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lishi lozim. Agar asoslar boshqa shaxslar (masalan, kadrlar bo’yicha inspektor, kadrlar xizmati rahbari va b.) tomonidan imzolansa, Mehnat kodeksi 78-moddasi uchinchi qismining talablari bajarilmagan hisoblanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa