Yo’q, direktorning harakatlari qonunga zid va ushbu holat majburiy mehnat sifatida baholanadi. Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo’llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya’ni:
•harbiy yoki muqobil xizmat to’g’risidagi qonunlar (“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonun) asosida;
•favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
•sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
•qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 177-moddasiga asosan ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifasi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti yoki sog’lig’i uchun xavf tug’diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.
Yuborilmoqda...