Har bir xodimga, u qaerda ishlamasin va qanday vazifani bajarmasin unga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan mehnatga oid huquqlar va kafolatlar ta’minlanadi.
Xech qaysi ish beruvchi xodimning mehnatga oid huquq va kafolatlarini ta’minlashni qonunchilikda belgilangan me’yordan ko’ra pasaytirishga haqli emas.
SHu bilan birga, korxonaning jamoa-shartnomaviy va boshqa lokal hujjatlarida, shuningdek, mehnat shartnomasida xodimlarga qo’shimcha huquq va kafolatlar (masalan, qo’shimcha ta’tillar berish, qisqartirilgan ish vaqtini joriy qilish) nazarda tutilishi mumkin.
Yuborilmoqda...