Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men tarjimonman va bir tashkilot bilan xizmatlar ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzganman. Men barcha kasaba uyushmasining mablag’lari hisobidan mehnat jamoasi bir kunlik dam olishga ketayotgani haqidagi xabarni eshitdim. Meni esa hech kim taklif qilmadi. Bu adolatdanmi, axir men ham ular bilan birga mehnat qilamanku?

Agar jamoa shartnomasida o’zgacha holatlar aks ettirilmagan bo’lsa, dam olishga mehnat jamoasi a’zolari taklif qilinganliklari haqida so’z yuritilganda korxonada mehnat shartnomasi asosida mehnat qilayotgan va kasaba uyushmasi mablag’i hisobidan bo’lganligi uchun unga a’zolik badali to’lagan xodimlar nazarda tutilgan. Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko’ra bir martalik xizmat ko’rsatadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha bir martalik ishlarni bajaradigan jismoniy shaxslar mehnat jamoasining a’zolari hisoblanmaydilar. Afsuski, Siz mehnat jamoasining a’zosi hisoblanmaysiz, chunki siz tarjimalarni xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma asosida amalga oshirasiz va sizning ishingiz bir marttalik hisoblanadi. Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatari, ichki mehnat tartib qoidaari va jamoa shartnomasida ko’zda tutilgan kafolatli to’lovlar va boshqa imtiyozlar sizga tatbiq etilmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa