Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men hamkasbim bilan nizolashib qoldim. Biz umumiy hisobot tayyorlayotgan edik. Hisobotning hamkasbim tayyorlagan qismi xato ekan. Korxonamiz rahbariyati esa ikkalamizga hayfsan berdi. Fikrimcha, bu adolatdan emas, chunki men astoydil ishlab hisobotning o’zimga tegishli qismini a’lo darajada tayyorlagan edim. Manfaatlarimni kim himoya qila oladi?

Sizning huquq va manfaatlaringizni korxonangizning vakillik organi himoya qilishi mumkin.

Mehnat kodeksining 21-moddasiga muvofiq, mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo’lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo’yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig’ilishi (konferentsiyasi) belgilaydi.

Xodimlar vakillik qilishni hamda o’z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o’zlari belgilaydilar.

Xodimlarning vakillik organlari asosan kasaba uyushmalari hisoblanadi.

Kasaba uyushmalari va ularning ulardagi saylab qo’yiladigan organlarning davlat va xo’jalik organlari, ish beruvchilar bilan o’zaro munosabatlaridagi huquqlari Mehnat kodeksining 3-bobi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquq va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun, kasaba uyushmalarining ustavlari, jamoa kelishuvi va shartnomalari bilan belgilanadi.

Xodimlar vakillik organlarining huquqlari keng bo’lib, ularga quyidagilarga kiradi:

•muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to’g’risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritish;

•korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko’rib chiqishda qatnashish;

•mehnat nizolarini ko’ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish;

•ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to’g’risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo’lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo’lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.

Vakillik organlari ijtimoiy-mehnat munosabatlarida xodimlar manfaatlarini himoya etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar ham, basharti bu xatti-harakatlar qonun hujjatlariga zid bo’lmasa, qilishlari mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa