"Mehnat huquqlari" -
Tashkilotimiz kasaba uyushmasining rahbari ishdan bo’shadi, yangi direktorimiz esa kasaba uyushmasi faoliyatini tugatish haqida buyruq chiqardi. Direktorning harakatlari to’g’rimi?
Direktorning harakatlari noto’g’ri. Mehnat kodeksining 26-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, xodimlar vakillik organlarining faoliyatini ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar tashabbusi bilan tugatishga yo’l qo’yilmaydi.