Albatta, tatbiq qilinadi. Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Mehnat kodeksining 29-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Siz o’zingizning shaxsiy mehnatga oid huquq va majburiyatlaringizga taalluqli bo’lgan mehnat shartnomasini imzolaysiz.
Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o’z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (konferentsiyasi) ega. Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig’ilishda (konferentsiyada) ishtirok etayotganlarning ellik foizidan ko’prog’i yoqlab ovoz bergan bo’lsa, ma’qullangan hisoblanadi.
Umumiy yig’ilishda (konferentsiyada) ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. SHunday qilib, jamoa shartnomasi har bir xodim tomonidan emas, balki ish beruvchi xodimlarning vakillari tomonidan imzolanadi.
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Sizning jamoa shartnomasini mazmuni bilan tanishishga va uning qoidalariga rioya qilinishini talab qilishga to’liq haqqingiz bor.
Yuborilmoqda...