Mehnat kodeksining 31-moddasiga muvofiq har qaysi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va o’zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishga haqlidir. Mehnat kodeksining 177-moddasi 1-qismiga asosan ish beruvchi Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomasini tuzishi shart. Shu bilan birga, jamoa shartnomasini tuzish ham ish beruvchi uchun ham mehnat jamoasi uchun maqsadga muvofiq, chunki u qonunchilikda aks ettirilmagan bir qator masalalarni tartibga solish imkonini beradi.
Yuborilmoqda...