Direktorning harakati qonunga zid. Mehnat kodeksining 31-moddasi to’rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq ish beruvchilar, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari ko’rib chiqish uchun taklif etgan mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga majburdirlar.
Tegishli yozma xabar olgan taraf yetti kunlik muhlat ichida muzokaralarga kirishishi shart.
Mehnat kodeksining 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o’zgartirish yoki to’ldirish yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo’yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini ta’minlamaganlik uchun javobgar bo’ladilar.
Yuborilmoqda...