Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Korxonamizda jamoa shartnomasini tuzish muhokama qilinmoqda. Xodimlar bu ularning manfaatlariga mos kelishiga ishonch bildirmayaptilar. Aytingchi, jamoa shartnomasi tuzish xodimlarga nima berishi mumkin?

Jamoa shartnomasini tuzishdan birinchi navbatda xodimlar va ularning vakillik organlari manfaatdordirlar. Jamoa shartnomasi har bir xodim bilan bog’liq bo’lgan muhim masalalarni tartibga solish imkonini beradi. Xususan, Mehnat kodeksining 37-moddasi jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilashini nazarda tutadi.

Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo’yicha o’zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:

mehnatga haq to’lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo’shimcha to’lovlar;

narxlarning o’zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko’rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to’lashni tartibga solish mexanizmi;

xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o’qitish, ishdan bo’shatib olish shartlari;

ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;

xodimlarning, shu jumladan ayollar va o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash;

korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;

ishni ta’lim bilan qo’shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;

ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug’urta;

ish beruvchi tomonidan o’z xodimlarining shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga qo’shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;

jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko’rsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish.

Shu bilan birga, mazkur moddaga ko’ra, jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshqa shartlar, shu jumlada, qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda ko’rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo’shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq to’lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qo’shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan 2008 yil 29-30 dekabrda kelishilgan tartibda jamoa shartnomasini tuzish haqida tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyadan amalda foydalanish mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa