Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Jamoa shartnomasini muhokama qilish maqsadida, biz mehnat jamoamiz bilan yig’ilish o’tkazdik. Lekin, xodimlarlarning taxminan 20 foizi yig’ilishga kelmadi. Mehnat jamoamizning yig’ilishi vakolatli bo’lganini qanday aniqlasa bo’ladi?

Mehnat kodeksining 39-moddasiga ko’ra, mehnat jamoasining yig’ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan ko’prog’i ishtirok etgan bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasining konferentsiyasi, basharti unda delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. SHu bilan birga, shuni nazarda tutish kerakki, Mehnat kodeksining 38-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bo’linmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinishi kerak va u bildirilgan fikr va takliflar hisobga olingan holda ishlab takomiliga yetkaziladi. Ishlab takomiliga yetkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (konferentsiyasi) muhokamasiga qo’yiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa