Ha mavjud. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari aniq bir korxonaning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’lishiga qarmasdan, ular qonunchilikda belgilangan printsiplarga asoslanadi. Bu printsplarga quyidagilar kiradi:
•qonun hujjatlari normalariga amal qilish;
•taraflar vakillarining vakolatliligi;
•taraflarning teng huquqliligi;
•jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;
•majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
•olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash;
•tekshirib borishning muntazamligi;
•javobgarlikning muqarrarligi.
Yuborilmoqda...