Ha, albatta. Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tekshirib boradilar.
Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o’zida maxsus ko’rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida (konferentsiyasida) hisobot berib turadilar.
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o’zlaridagi buning uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Yuborilmoqda...