Ish beruvchining jamoa shartnomasi bo’yicha majburiyatlarini bajarilmasligida aybdor bo’lgan mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bundan tashqari, yuqorida sanab o’tilgan qoidabuzishlar mehnat to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik sifatida baholanishi mumkinligi sababli, mazkur shaxslar Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 49-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
SHuni ta’kidlash kerakki, ish beruvchi tomonidan jamoa shartnomasining ba’zi shartlarini bajarmaslik korxonaga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo’llanishiga sabab bo’lishi mumkin. Mehnat kodeksi 161-moddasining to’rtinchi qismiga muvofiq, jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to’lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. Agar jamoa shartnomasida xodimga ish haqini to’lashni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi nazarda tutilgan bo’lsa, bunday kechiktirish xodimlarga qo’shimcha to’lov to’lanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ish haqini to’lanishini kechiktirilishiga aybdor bo’lgan mansabdor shaxs o’zining o’rtacha oylik ish haqi doirasida moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Yuborilmoqda...