Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Yoshim 25 da. Men zavodda 3 yil ishladim. Korxona tugatilishi munosabati bilan 4 oy oldin korxonadan bo’shatildim. Men o’zim mustaqil ravishda ishga joylasha olmadim. Aniqlik kiritib bersangiz, men ishsiz deb e’tirof etilishim mumkinmi?

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 60-moddasiga ko’ra o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi:

•ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan;

•ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan;

•mehnat qilishga, kasbga tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi.

Rasman ishsiz deb e’tirof etilish va ishsizlik nafaqasini olishingiz uchun siz mahalliy mehnat organiga murojaat qilishingiz zarur.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa