Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Menga ishsizlik nafaqasi doimiy ravishda to’lanmasligi haqida eshitdim. Bunday bo’lsa, Bandlikka ko’maklashish markaziga murojaat qilishimga arziydimi?

Albatta. Mehnat kodeksining 65-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, haqiqatdan ham ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan:

•ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o’n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

•ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o’n uch kalendar hafta mobaynida to’lanadi.

SHu bilan birga, ishsizlik nafaqasini to’lashni Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining yagona va eng asosiy vazifasi deb bo’lmaydi. Mehnat kodeksining 64-moddasiga muvofiq ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasidan tashqari:

•qaramog’idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;

•kasb o’rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to’lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo’shish;

•haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanadi.

Biroq, ish qidirayotgan shaxslar uchun Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining eng asosiy vazifasi bu ularni maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni, bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malkasini oshirishga yo’naltirish hisoblanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa