Mehnat kodeksining 61-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo’lgan, yoshini, sog’lig’i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo’yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi. Agar bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimlari ushbu qoidaga asosan ish tutgan bo’lsalar, ularning xatti-harakatlari to’g’ri.
Ishsizlikning dastlabki davri tugaganidan so’ng kasbiga (mutaxassisligiga) mos ish topib berish mumkin bo’lmagan taqdirda, uning qobiliyatini, kuchini, oldingi tajribasini va unga qulay bo’lgan ta’lim vositalarini hisobga olib, kasbini (mutaxassisligini) o’zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.
E’tibor qaratish lozimki, Mehnat kodeksining 63-moddasiga ko’ra agar ish:
•yashash joyini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lsa;
•taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo’lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo’lmasa;
•taklif qilingan ishda ish haqi shu mutaxassislik va kasb uchun belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lsa;
•ishni rad etish uzrli sabablar bilan asoslangan bo’lsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas.
Yuborilmoqda...